Huawei 1
Xitoyning Urumchi shahrida “O‘zbekiston” paviloni ochildi

Joriy yilning 23 noyabr kuni  Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayon (ShUAR) Urumchi shahrida “O‘zbekiston” pavilonining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Turizm qo'mitasi xabar bermoqda.

Shavkat Mirziyoyev turistlarni jalb qilish bo‘yicha soha mutaxassislarining Xitoy provinsiyalariga borib, hududlar turistik salohiyatini keng targ‘ibot qilishi lozimligini, hamda Xitoy shaharlaridan Samarqand, Buxoro, Xorazmga, Surxondaryo va Farg‘ona vodiysiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish muhimligini ta’kidlagan edi.

O‘zbekiston uchun ajratilgan 10 ming kv.metrdan ortiq maydonda qad rostlagan Registon ansamblining nusxasi mehmonlar ruhiyatiga Samarqand nafasini olib kirdi. “O‘zbekiston” pavilonining tashkil etilishi mamlakatimizning sayyohlik jozibadorligini yanada oshiradi.

Ochilish marosimida Qoraqalpog‘iston Jo‘qori Kengesi raisi Amanbay O‘rinboev, Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shodiev, O‘zbekiston Respublikasining XXRdagi Favqulodda va Muxtor elchisi Farxod Arziev va boshqa rasmiy shaxslar ishtirok etdi.

“O‘zbekiston bog‘i” ko‘p asrlik o‘zbek-xitoy do‘stligining o‘ziga xos ramzi bo‘lib, ushbu go‘zal bog  shahar maxalliy aholisi va mehmonlarining sevimli maskaniga aylanishiga ishonamiz. Shu bilan birga, ushbu bog‘ Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni bilan birgalikda o‘zaro madaniy, gumanitar va sayyohlik tadbirlari uchun muhim maydonga aylanadi” , – dedi U. Shodiev o‘z nutqida.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122219 | Инструменты