Huawei 2
"Yakshanba" kinokartinasi "Osiyoning eng yaxshi filmi" deb topildi

“Yakshanba” to‘liq metrajli badiiy filmi rejissyori Shokir Xoliqov Hindiston xalqaro kinofestivalida (International Film Festival of India) “Eng yaxshi rejissyor” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi. “Yakshanba” kinokartinasi esa ushbu festivalda “Osiyoning eng yaxshi filmi” deb topildi.

Maʼlumot sifatida, “Yakshanba” badiiy filmi XV Toshkent xalqaro kinofestivalining Markaziy Osiyo filmlari tanlovida “Eng yaxshi film”, Shanxay xalqaro kinofestivalida «Osiyoning yangi iqtidorlari» nominatsiyalarida g‘olib bo‘lgan bo‘lsa, Qirg‘izistondagi xalqaro kinofestivalda gran-pri sovrinini qo‘lga kiritgan. Bundan tashqari Osiyodagi eng yaxshi filmlarni aniqlash va ularni mukofotlash loyihasida ham taqdirlanganligini taʼkidlab o‘tishimiz joiz.

Xulosa qilib aytganda, 2023 yil Kinematografiya agentligi va barcha kinoijodkorlar uchun juda muvaffaqiyatli yil bo‘ldi. Sababi - xalqaro mukofotlar o‘zbek kinoijodkorlarida borgan sari ko‘paymoqda.

Misol uchun, 2019 yilda 7 ta xalqaro mukofot, 2020 yilda 5 ta, 2021 yilda 14 ta mukofot olingan. O‘tgan 2022 yilda esa kinoijodkorlarimiz 18 ta xalqaro kinofestivalda ishtirok etib 29 ta, bu yil - 2023 yilda esa 28 ta xalqaro tadbirlarda ishtirok etib, 55 ta xalqaro mukofotlarni ko‘lga kiritdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga