Huawei 1
YUNESKOning Reprezentativ ro‘yxatiga O‘zbekistondan 3 ta nominatsiya kiritildi

YUNESKO Hukumatlararo qo‘mitasining 2023-yil 6-dekabrda bo‘lib o‘tgan XVIII sessiyasida O‘zbekiston muhim muvaffaqiyatni qo‘lga kiritdi: bir vaqtning o‘zida uchta nominatsiya Insoniyat nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro‘yxatiga kiritildi. 

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasining ma'lum qilishicha, ulardan biri bo‘lgan “O‘zbekistonda kulolchilik san’ati” nomzodlik to‘plamini ishlab chiqishda O‘zbekiston tomonidan olib borilgan ishlar e’tirof etilib, baholash komissiyasining eng yuksak olqishiga sazovor bo‘ldi. Bu hunarmandchilikning chuqur tarixi, kulolchilik sohasidagi bilimlarni bezavol yetkazish hamda ushbu san’at turini asrab-avaylashda yoshlarning faol ishtirokiga urg‘u beradi.

"Tazxib/rangtasvir: dekorativ san’at" nominatsiyasi 2020-yilda O‘zbekiston Milliy komissiyasi tomonidan Abulqosim madrasasi mutaxassislari hamda Eron, Tojikiston va Turkiyadan kelgan mutaxassislar bilan birgalikda tayyorlangan.

Rangtasvir — kitoblarni bezash san’ati: O‘zbekistonda dekorativ-amaliy san’atning o‘ziga xos turi. U o‘rta asrlarda Movarono‘nna (O‘zbekiston)da va Bobur davrida Hindistonda qo‘lyozmalar sahifalari va saroy hayoti obyektlari uchun bezak sifatida keng qo‘llanilgan.

Ayrim miniatyurachilar, xattotlar, rassomlar va restavratorlar zamonaviy O‘zbekistonda naqqoshlik san’atidan foydalanadilar. Ushbu uslub diniy kitoblar, qo‘lyozmalarni bezash va miniatyuralarni yaratishda qo‘llaniladi.

"Iftorlik va u bilan bog‘liq ijtimoiy-madaniy an’analar" nominatsiyasi 2020 yilda O‘zbekiston Milliy komissiyasi tomonidan Ozarbayjon, Eron va Turkiya musulmonlari idoralari bilan hamkorlikda tayyorlandi va taqdim etildi."Yangi nominatsiyalar sharofati bilan O‘zbekiston bashariyat tamadduni uchun ahamiyati e’tirof etilgan 15 ta nomoddiy meros YUNESKO muhofazasida ekanidan faxrlanadi. Bu boy madaniy merosni xalqaro darajada targ‘ib etish va himoya qilishda muhim qadamdir", deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122219 | Инструменты