Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2025-yilning yanvar-fevral oylarida 189,4 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.
2025-yilning yanvar-fevral oylarida ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi:
— Ko‘mir – 733,8 ming tonna
— Neft – 105,8 ming tonna
— Tabiiy gaz – 7,4 mlrd kub.m
— Gaz kondensati – 192,6 ming tonna
— Yuk avtomobillari – 510 dona
— Avtomobil dvigatellari – 30 592 dona
— Yengil avtomobillar (maxsus yengil avtomobillardan tashqari) – 53 522 dona.
Alpha version: 0.9.1.19 build 82018 | Инструменты