Huawei 1
2023-yilda O‘zbekistonda eng ko‘p soliq to‘lagan xorijiy internet-kompaniyalari ma’lum qilindi

2023-yilda O‘zbekistonda elektron xizmat ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniyalar qancha soliq to‘lagani ma’lum bo‘ldi

Unga ko‘ra, o‘tgan yili mamlakatdagi jami 56 ta xorijiy kompaniya tomonidan to‘langan soliqlar miqdori qariyb 70 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Bunda, to‘langan soliqlarning 90%dan ko‘prog‘i elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 10 ta xorijiy kompaniya hissasiga to‘g‘ri keladi.

O‘tgan yilda eng ko‘p soliq to‘lagan xorijiy kompaniya "Meta" bo‘ldi. Kompaniya tomonidan to‘langan soliqlar 26,4 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Undan keyingi kuchli uchlikni 20,3 mlrd so‘m bilan “Google” hamda 12,9 mlrd so‘m bilan “Apple” kompaniyalari band etdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122303 | Инструменты