2024-yil yakunida 8,2 milliard kilovatt soat ekologik toza elektr energiyasini ishlab chiqarildi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Transformatsiyani amalga oshirish, yashil iqtisodiyot va ESG tamoyillarini joriy qilish ofisi boshlig‘i Paxlavon Nurmatov maʼlum qildi.
Gidroelektr stansiyalari soni 1991-yilda 29 tani tashkil etgan bo‘lsa, Mustavillik davrida, yaʼni 2025-yilga kelib 77 taga yetkazildi. Xususan, 2024-yilda 15 ta yangi gidroelektr stansiya muvaffaqiyatli ishga tushirildi.
ESG — bu kompaniyalarning ishlab chiqarish, biznes yuritish va boshqaruv jarayonlarida ekologik, ijtimoiy va boshqaruv samaradorligini baholashga yo‘naltirilgan standartlar yig‘indisidir. ESGning uch asosiy yo‘nalishi bor:
- Environmental (Ekologiya):
- Tabiatga taʼsir, chiqindilarni boshqarish, energiya samaradorligi, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish.
- Social (Ijtimoiy):
- Xodimlar huquqlari, xavfsizlik, gender tengligi, mahalliy jamoalarga ijobiy taʼsir.
- Governance (Boshqaruv):
Shaffof boshqaruv tizimi, korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlar, manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etish.
2024-yilda “O‘zbekgidroenergo” AJ nafaqat O‘zbekistonda, balki butun Markaziy Osiyoda o‘zining yetakchiligini yana bir bor isbotladi.
Sustainable Fitch xalqaro reyting agentligi tomonidan berilgan ESG (Ekologiya, Ijtimoiy va Korporativ boshqaruv) reytingida kompaniyamiz 65 balldan 72 ballgacha oshdi. Bu bizga Markaziy Osiyodagi eng yuqori ESG bahosini qo‘lga kiritish imkonini berdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122810 | Инструменты