Statistika agentligi dastlabki maʼlumotlariga ko‘ra, 2024-yilda O‘zbekistonda 89,5 trln so‘mlik to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
Bu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 11,1 % ga oshgan.
2024-yilda ishlab chiqarilgan to‘qimachilik mahsulotlarining hajmi jami sanoat ishlab chiqarishda 10,1 % ulushga ega bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 2024-yilda xorijga qariyb 2,9 mlrd dollarlik to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22415 | Инструменты