2024-yilda 34,8 mlrd dollarlik xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilib, o‘sish 1,6 barobarni tashkil etgan. Yil yakuni bilan 50 ta shahar va tumanlarda 100 mln. dollardan ortiq xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilgan.
2025-yilda esa 42,1 mlrd dollar xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish belgilangan. Xususan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan 36,8 mlrd dollar rejalashtirilgan. Masalan, yanvar oyining o‘zida o‘zlashtirilgan xorijiy investitsiyalar 3 mlrd dollarni tashkil qilgan. Shuningdek, bu yil qiymati 35,4 mlrd dollar 301 ta yirik va 8 mingta o‘rta va kichik loyihalar ishga tushirilib, ular hisobiga 294 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari hamda Byudjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitalarining kengaytirilgan yig‘ilishida aytib o‘tildi. Unda Investitsiyalar, sanoat va savdo, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi, Tog‘-kon sanoati va geologiya, Transport va Energetika vazirliklari tomonidan investitsiyalarni keng jalb etish va eksport hajmini oshirish borasidagi ishlar yuzasidan axboroti eshitildi.
Qayd etilganidek, eksport hajmini oshirish borasida ham muayyan ishlar bajarilgan. Jumladan, 2024-yilda respublika eksporti 19,3 mlrd. dollarni tashkil etib, 16 foizga o‘sgan. Eksport faoliyatiga 3 mingdan ortiq yangi korxonalar jalb etilib, eksportchilar soni 7 mingtaga yetgan. Eng muhimi, 55 ta davlatga 58 turdagi yangi mahsulotlar eksport qilingan.
Yig‘ilishda Tog‘-kon sanoati va geologiya tizimida 2024-yildagi investitsiyalar va 202-yildagi loyihalar to‘g‘risida ham maʼlumot berildi. Maʼlum qilinishicha, o‘tgan yilga mo‘ljallangan investitsiya dasturiga muvofiq, vazirlik va tarmoq korxonalari tomonidan 60 ta loyiha doirasida 3 582,5 million dollar (shundan 3 203,7 mln dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kredit) investitsiyalar o‘zlashtirilgan.
Bu yilga mo‘ljallangan Investitsiya dasturiga muvofiq, vazirlik va tarmoq korxonalari tomonidan 56 ta loyiha doirasida 2 643,5 mln dollar investitsiyalar o‘zlashtirilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin 2025-yil yanvar oyida O‘zbekistonda inflyatsiya darajasi 0,72 foizni tashkil etgani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21117 | Инструменты