Prezident huzuridagi Statistika agentligining xabar berishicha, 2025-yil yanvar oyida O‘zbekistonda inflyatsiya darajasi 0,72 foizni tashkil etdi. Bu 2024-yil yanvar oyidagi ko‘rsatkichdan (0,64 foiz) yuqori, lekin 2023 yil yanvar oyidagi inflyatsiya darajasidan (0,82 foiz) past.
Yillik inflyatsiya 2024-yilning yanvariga nisbatan 9,89 foizgacha tezlashdi. Yilning birinchi oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxi 0,8 foizga (so‘nggi bir yil davomida 2,6 foizga), nooziq-ovqat mahsulotlari narxi 0,3 foizga (7,7 foiz), pullik xizmatlar narxi 1,1 foizga (27 foiz) oshdi.
Yanvar oyida narx o‘sishi asosan quyidagi isteʼmol mahsulotlarida kuzatildi: suyakli mol go‘shti — 1,1 foiz (so‘nggi bir yilda 14,8 foiz), qo‘y go‘shti — 1,2 foiz (16,2 foiz), kungaboqar yog‘i — 2,2 foiz (18,1 foiz), paxta yog‘i — 1,9 foiz (19,5 foiz), sut — 0,3 foiz (0,8 foiz).
So‘nggi bir oyda tuxum narxi keskin — 14,3 foizga (-22,4 foizga) pasaydi, guruch va guruch oqshog‘i — 1 foizga (-6,9 foiz), tovuq go‘shti — 0,1 foizga (-2,1 foiz), shakar — 0,7 foizga (-4,1 foiz) arzonladi.
Kartoshka narxi 23,9 foizga, piyoz 3,4 foiz, sabzi 2,9 foiz, baqlajon 59,6 foiz, bulg‘or qalampiri 13,2 foiz, limon 7,9 foizga, karam 6,9 foiz, banan 6,5 foizga oshdi. Pomidor (-1,1 foiz) va bodring (-1,7 foiz) arzonladi.
So‘nggi 12 oy davomida kartoshka 68,1 foizga, sabzi 24,1 foizga, karam 13,1 foizga, piyoz 1,9 foizga qimmatlagan. Shu vaqt ichida bodring narxi 21,7 foizga, pomidor 36,9 foizga, olma 14,4 foizga arzonlagan. Yanvar oyida alkogolli ichimliklar 0,4 foizga (yil davomida 10 foizga), tamaki mahsulotlari 0,7 foizga (11,8 foiz) qimmatladi.
Yanvar oyida tariflarning oshishi kommunal xizmatlarning asosiy turlaridan faqat chiqindilarni olib ketish xizmatlarida (4,6 foiz) qayd etildi. Turar joylarga xizmat ko‘rsatish va taʼmirlash uchun materiallar, shuningdek, taʼmirlash bo‘yicha xizmatlar narxida biroz o‘sish kuzatildi (0,1−0,3 foiz).
Yillik inflyatsiya gaz (2,3 baravar o‘sish) va elektr energiyasi (1,7 baravar o‘sish) bilan taʼminlash xizmatlarida bo‘lib qolmoqda. Dori-darmonlar narxi yanvar oyida yana 0,7 foizga, yil davomida esa 25,2 foizga, jumladan antibiotiklar narxi 28 foizga oshgan. Statsionar davolanish xizmatlari yillik hisobda 13,5 foizga qimmatladi.
Xabarda qayd etilishicha, o‘tgan oyda avtomobillar uchun yoqilg‘i sifatida foydalaniladigan gaz narxida pasayish kuzatilgan. Propan narxi 13,2 foizga pasaygan (yillik hisobda 8,3 foizga oshgan). Metan narxi esa 0,1 foizga arzonlagan (yil davomida 20,9 foizga oshgan). Benzin narxi bir oy ichida 1,5 foizga (yillik hisobda 3,9 foizga) oshdi. Qimmatbaho metallardan yasalgan nikoh uzuklari yana 3,8 foizga qimmatladi.
Yillik hisobda poyezdlar uchun chipta narxi o‘rtacha 13,2 foizga (yanvarda — 0,9 foizga), taksilarda yo‘lkira narxi 12,1 foizga oshgan, aviachiptalar esa 0,8 foizga arzonlagan. Yanvar oyida gazeta va davriy jurnallar narxi o‘rtacha 15,3 foizga oshdi. Kinoteatr xizmatlari narxlari 3,7 foizga (yil davomida 20,5 foizga), teatr xizmatlari narxlari 3 foizga (yillik hisobda 12,6 foizga) oshdi. Madaniyat va istirohat bog‘lari xizmatlari yil davomida 22,4 foizga qimmatladi.
Davlat bog‘chalari xizmatlari narxi bir oy davomida 21 foizga (yil davomida 45,2 foiz), xususiy bog‘cha xizmatlari narxi 1,1 foizga (11,3 foiz), repetitorlik xizmatlari narxi 1 foizga (16,2 foiz) oshgan.
Yanvar oyida mehmonxona xizmatlari sohasida narxlarning o‘sishi 5,7 foizni tashkil etdi. Biroq yillik hisobda mehmonxona xizmatlari narxi 10,5 foizga oshgan. O‘tgan oyda respublikaning barcha hududlaridagi dam olish maskanlari xizmatlari narxi 4,1−17,5 foiz oralig‘ida oshdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21117 | Инструменты