2024-yilda 10 826 nafar jismoniy shaxs ushbu dasturdan foydalanib, elektr tarmoqlariga o‘tkazilgan quyosh energiyasi uchun 12 mlrd 182 mln so‘m (12 million 182 ming 090 kVt/soat) davlat budjetidan subsidiya oldi.
Subsidiyaning eng katta qismi quyidagi hududlarga to'g'ri kelmoqda:
- Xorazm viloyati - 2,8 mlrd so‘m;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 1,9 mlrd so‘m;
- Toshkent shahri - 1,4 mlrd so‘m.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yil 1-apreldan “Quyoshli xonadon” dasturi doirasida xonadoniga quyosh panellarini o‘rnatgan jismoniy shaxslarga quyosh paneli orqali ishlab chiqarilgan va yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt soati uchun 1000 so‘mdan subsidiya ajratilishi belgilangan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 13022 | Инструменты