Huawei 1
30-yanvar kuni O'zbekistonda sodir bo'lgan muhim voqealar dayjesti

O‘zbekistonda tug‘ilish 3,7 foizga kamaygan

O‘zbekistonda 2024-yilda 926,4 ming bola tug‘ildi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 3,7 foizga kam bo‘lib, tug‘ilishlar soni 2017-yildan beri ilk bor pasaydi.

Toshkentda mayning bilan shug‘ullanuvchi MCHJ 2 mlrd so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irladi

Mazkur holat yuzasidan jamiyat mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Buxoroda YPX xodimini urib yuborgan fuqaroga nisbatan jinoiy ish ochildi

YPX xodimi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyati Jondor tumani prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi ushlangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Etil spirti va alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish tartibi belgilandi

Alkogol mahsulotlarini chet elda ishlab chiqarilgan iste'mol etil spirti hamda texnik etil spirtidan foydalangan holda ishlab chiqarish taqiqlanadi.

Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi

Shavkat Mirziyoyev anʼanaga ko‘ra, O‘zbekistonning birinchi prezidenti xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Qur’on oyatlari o‘qilib, duo qilindi. Islom Karimovning xalq manfaati yo‘lida qilgan ishlari, fazilatlari yodga olindi.

Xotin-qizlar pillachilik sohasida qisqa muddatli o'quv kurslarida o'qitiladi

Qarorga ko'ra, xotin-qizlarni pillachilik sohasida qisqa muddatli o'quv kurslarida o'qitish va ularni sohaga jalb qilishning asosiy parametrlari hamda uni bosqichma-bosqich ta'minlash tizimini tashkil etish bo'yicha “yo'l xaritasi” tasdiqlandi.

Toshkentda MAN gaz quvuriga borib urildi

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Toshkent viloyatidagi bog‘chada ilonlar bilan tomosha ko‘rsatgan shaxs jazolandi

Sud hukmi bilan, unga BHMning 10 baravari (3 mln 750 ming so‘m) miqdorida jarima jazosi qo‘llandi. Uning sherigi ham jarima jazosiga tortildi.

Ayrim turdagi dorilar importiga bojxona bojlari joriy etiladi

Ular orasida antibiotiklar, og‘riq qoldiruvchi, yallig‘lanish hamda virusga qarshi, gormonal va boshqa preparatlar bor.

Shavkat Mirziyoyev tomorqada va ijaraga berilgan ekin yerlarida daromadli mahsulot yetishtirishning yangi tizimi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

Davlat rahbari tomorqa va dehqonchilik yerlarida yuqori daromadli va eksportbop ekinlar ekish, ularning hisobini yuritish va moliyalashtirish bo‘yicha yangi tashabbuslarni ma’lum qildi.

Turkiyada qalbaki alkogoldan vafot etgan o‘zbekistonliklar soni 23 nafarga yetdi

30-yanvar holatiga ko‘ra, Turkiya hududida soxta spirtli ichimlikdan zaharlangan O‘zbekiston fuqarolari soni 23 nafarga yetdi. Ularning ikki nafari - ayol.

Giyohvandlik vositalarini dorixonalar orqali realizatsiya qilish tartibi belgilandi

“Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash, realizatsiya qilish, berish, taqsimlash va hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi”gi nizom bilan tasdiqlandi. Nizom litsenziya asosida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar muomalasi bilan bog‘liq faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.

Latviyada o‘zbekistonlik ishchi kuchiga kvota belgilanmaydi

Bugungi kunda ushbu davlatda 4000 dan ortiq o‘zbekistonliklar mehnat faoliyatini olib bormoqda. Bu raqamni yana-da ko‘paytirishga ikki tomonda ham istak borligi taʼkidlandi. Shu bois, ishchilar soniga kvotalar belgilanmaydigan bo'ldi. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi.

2024-yilda jamoat transportida bank kartalari orqali amalga oshirilgan tranzaksiyalar soni 146,5 millionga yetgan

Bank kartalari orqali amalga oshirilgan tranzaksiyalar transport kartalarini (140 mln tranzaksiya) ortda qoldirgan. 2023-yilda aksincha, transport kartalari bu borada ustun bo‘lgandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 13102 | Инструменты