Huawei 1
2024-yilda toza energetika va infratuzilmaga kiritilayotgan investitsiyalar jahon miqyosida 2 trln dollarga yetadi

2024-yilda toza energetika va infratuzilmaga kiritilayotgan investitsiyalar jahon miqyosida 2 trillion dollarga yetadi. Bu haqda BMTning Iqlim oʻzgarishi boʻyicha Hadli konvensiyasi ijrochi kotibi Saymon Stil maʼlum qildi.

“Mazkur miqdor qazilma yoqilgʻiga sarflanadigan mablagʻdan deyarli ikki barobar koʻproq”, — dedi u Boku shahrida boʻlib oʻtgan COP-29 konferensiyasi ochilishida.

Iqlim oʻzgarishi keltirib chiqargan inqiroz, xohlaymizmi-yoʻqmi, butun dunyo aholisini qamrab oladi va
“...bugun biz Boku shahrida ana shu muammolarni hal qilish uchun toʻplandik”, deya taʼkidladi Stil.

Uning soʻzlariga koʻra, iqlimni moliyalashtirish boʻyicha yangi global maqsad kelishib olinishi lozim.

Bugun Bokuda toʻplanganlar Parij shartnomasining 6-moddasi boʻyicha kelishuvni yakunlab, xalqaro uglerod bozorlari faoliyatini yoʻlga qoʻyishlari kerak, dedi Saymon Stil.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122212 | Инструменты