O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan 2024-yil yanvar-iyun oyidagi savdo aloqasi tahlil qilindi.
Yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan tashqi savdo hajmi $3,2 mlrdga yetdi, bu umumiy tashqi savdo hajmining 10,1%ini tashkil etadi.
- Eksport hajmi $1,2 mlrd.
- Import hajmi $2 mlrd.
O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan savdo aylanmasidagi eng katta ulushi Qozog‘iston hissasiga – 59%, qolgan qismi: Turkmaniston – 19%, Qirg‘iziston – 12% va Tojikiston – 10% to‘g‘ri keladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110712 | Инструменты