AQShning amaldagi prezidenti, demokrat Jo Bayden ma’muriyati respublikachi Donald Tramp Oq uyga qaytgunga qadar Ukrainaga umumiy qiymati 6 milliard dollardan oshiq yakuniy yordam paketini yuborishni rejalashtirmoqda, deb yozadi Politico. Nashrga maʼmuriyatdagi ikki anonim manbaning aytishicha, bu demokratlarning Ukraina uchun yagona variantidir.
Nashr suhbatdoshlari Kiyevga ushbu yordamni zudlik bilan ko‘rsatishga to‘sqinlik qilayotgan muammolar qatorida Qo‘shma Shtatlarning faqat o‘z ixtiyorida bo‘lgan asbob-uskunalar va texnikani jo‘natish imkoniyatini qayd etishdi. Pul Pentagonga ushbu xarajatlarni qoplaydi, lekin ko'p narsa yangi artilleriya snaryadlari va qurollari qanchalik tez ishlab chiqarilishi yoki shartnomalar tuzilishiga bog'liq.
Politico eslatishicha, aprel oyida Ukrainaga 61 milliard dollarlik yordam paketidan qolgan mablag‘ ikki yo‘nalishda taqsimlangan: 4,3 milliard dollar mavjud zaxiralarni to‘ldirish uchun, 2,1 milliard dollar Amerika mudofaa kompaniyalari bilan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha qurol-yarog‘ yetkazib berishni moliyalashtirish uchun ajratilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110715 | Инструменты