Huawei 1
MB: Aholi tomonidan sezilgan inflyatsiya darajasi o‘tgan oyga nisbatan biroz pasaygan

Markaziy bank tomonidan aholidan o‘tkazilgan so‘rovnomalar natijasiga ko‘ra, oktyabr oyida aholi tomonidan sezilgan inflyatsiya darajasi o‘tgan oyga nisbatan biroz pasayib 13,2 foizni tashkil etdi.

Valyuta kursining o‘zgarishi, kommunal xizmatlari, yoqilg‘i va energiya narxining qimmatlashishi o‘zbekistonliklarning inflyatsiya bo‘yicha 12 oydan beri o‘zgarmay qolayotgan eng asosiy uch xavotiri bo‘lib qolmoqda.  

Oktyabrdagi so‘rovlarda aholining inflyatsion kutilmalari 12,8 foiz, biznesniki esa 12 foizgacha (-0,6 foiz) tushirilgan.  

Aholi orasida eng yuqori inflyatsion kutilma Toshkent viloyatida —14,8 foizni tashkil etadi. Toshkent shahrida esa inflyatsion kutilma o‘tgan oydagi 15,2 foizdan birdaniga 11,6 foizgacha pasaytirilgan.  

Biznes orasida eng yuqori inflyatsion kutilma Navoiy viloyatiga ko‘chib o‘tgan — 14,4 foizni tashkil etadi. Bu segmentda ham Toshkent shahriga oid kutilmalar 13,3 foizdan 12,6 foizgacha, o‘tgan oydagi peshqadam Toshkent viloyatidagi kutilmalar esa 14,4 foizdan 12,7 foizgacha pasaytirilgan.  

Daromadlar guruhida kutilmalar pasaygan yoki o‘zgartirishsiz qoldirilgan. Ayniqsa, 15 million so‘mdan ko‘p daromad oluvchilarning kutilmalari 15,8 foizdan 13,9 foizgacha tushirilgan. O‘tgan oyda 17 foiz va undan yuqori inflyatsiya kutgan toshkentliklar ulushi 36 foizdan 22 foizgacha tushirilgan, 8 foiz va undan kam inflyatsiya kutayotgan poytaxtliklar ulushi esa 21 foizdan 42 foizgacha ko‘tarilgan.  

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110715 | Инструменты