O‘zbekistonda aholining valyuta sotib olishi va sotishi o‘rtasidagi ijobiy farq o‘sishda davom etmoqda. Bu Markaziy bankning statistik byulletenida keltirilgan.
To‘qqiz oy yakuniga ko‘ra, banklar jismoniy shaxslardan 11,76 milliard dollarlik valyuta sotib olib, 6,9 milliard dollarga sotgan. Sotuv va xarid o‘rtasidagi farq 4,86 milliard dollarga yetgan, bu 2023-yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan (2,1 milliard dollar) 2,3 barobar ko‘p.
Aprelda aholining valyuta sotib olishi va sotishi o‘rtasidagi eng kichik farq qayd etilgan — 305,4 million dollar. Maksimal farq sentabr oyida kuzatilgandi — 821,9 million dollar (sotib olish — 1,53 milliard dollar, sotish — 713,5 million dollar), bu kamida oxirgi besh yildagi eng yuqori ko‘rsatkich.
So‘nggi marta oldi-sotdi o‘rtasida salbiy farq 2023-yilning yanvarida (-24,6 million dollar) kuzatilgan.
Yanvar-sentabr oylarida yuridik shaxslar o‘rtasida valyuta ayirboshlash hajmi 18,2 milliard dollarni tashkil etdi, bu 2023-yilning to‘qqiz oyidagiga (18,28 milliard dollar) nisbatan 0,4 foizga kam. Bungacha ko‘rsatkichda o‘sish kuzatilgan — 2021-yilning birinchi choragi (8,98 milliard dollar) va 2022-yil (14,2 milliard dollar).
Birjada 5,3 milliard dollarlik valyuta sotildi va 12,88 milliard dollarlik sotib olindi. Salbiy farq 7,56 milliard dollarga yetdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga (-9,74 milliard dollar) nisbatan 22,3 foizga kam.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111409 | Инструменты