Huawei 1
Andijon hokimi Moskvada 100 mln dollarlik shartnoma imzoladi

Andijon viloyati hokimi “Zarubejneft” AJning Moskva shahridagi bosh ofisida kompaniya bosh direktori Sergey Kudryashov bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Andijon viloyatida qiymati 100 million dollar bo‘lgan (1-bosqichda 18 megavatt, 18 million dollar) 2024-2026 yillarda jami 100 megavatt quvvatga ega quyosh panelli elektro stansiyasini qurish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha memorandum imzoladi.

Shuningdek, Andijon viloyati hokimi shu yerning o‘zida “Rosatom” davlat korporatsiyasining "Spetsialnaya energiya" shoʻba korxonasi va “Zarubejneft” AJ bilan qiymati 100 million dollarlik maishiy chiqindilarni qayta ishlash va elektr energiya ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha korxona rahbariyati bilan muzokaralarni yakunlab, uch tomonlama shartnoma imzoladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122222 | Инструменты