Huawei 1
Andijonda 1,7 milliard dollarlik yangi loyihalar shakllantirilgan

Prezident Andijon viloyatida amalga oshirilishi rejalashtirilgan yirik loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. 

Qayd etilishicha, Andijon viloyatida xitoylik investorlar bilan hamkorlikda jami 1,7 milliard dollarlik 26 ta loyiha ustida ish borilmoqda. Ular enegretika, elektrotexnika, mashinasozlik, to‘qimachilik, qurilish materiallari, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, ta’lim va infratuzilma kabi muhim sohalarda.

Masalan, mini gidro elektr stansiyalar, uy-joy va ko‘ngilochar maskanlar qurish, elektrobuslar va ular uchun akkumulyatorlar, keramogranit va beton panellar, dori vositalari ishlab chiqarish, gilos va rezavor mevalar yetishtirish kabi loyihalar ko‘plab ish o‘rinlari, iqtisodiy samaradorligi bilan xalqimizga katta manfaat keltiradi.Davlat rahbari xitoylik investorlar bilan suhbatlashdi. Ular O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi strategik sheriklik yuksak darajaga chiqqani, mamlakatdagi ulkan imkoniyatlar ishbilarmonlarga ishonch berayotganini ta’kidlashdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122303 | Инструменты