2025-yil jahon iqtisodiyoti uchun mo‘tadil ijobiy bo‘lishi kutilmoqda. Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) tahlilchilari jahon yalpi ichki mahsulotining 3,2 foizga o‘sishini hamda 115,3 trillion AQSH dollariga yetishini bashorat qilmoqda.
Yuqorida dunyoning turli mamlakatlari va mintaqalarining 2025-yildagi nominal yalpi ichki mahsuloti dollar miqdorida ko‘rsatilgan. Qizil rang bilan Osiyo mamlakatlari, och yashil rang bilan Afrika mamlakatlari, ko‘k rang bilan Shimoliy va Markaziy Amerika mamlakatlari, binafsha rang bilan Yaqin Sharq mamlakatlari, havo rang bilan Avstraliya, Yangi Zelandiya va Okeaniya davlatlari, to‘q yashil rang bilan Yevropa mamlakatlari, sariq rang bilan esa Janubiy Amerika davlatlari belgilangan.
Ushbu raqamlardan AQSH iqtisodiyoti dunyodagi eng yirik bo‘lib qolishini ko‘rish mumkin. XVF bashoratiga ko‘ra, 2025-yilda uning hajmi 30,3 trillion dollarga yetadi. Xitoy 19,5 trillion dollar ko‘rsatkich bilan ikkinchi o‘rnini mustahkam saqlab qoladi, Germaniya iqtisodiyoti esa (4,9 trillion dollar) uchinchi o‘rinni egallaydi. Keyingi o‘rinlarda Yaponiya va Hindiston iqtisodiyotlari joylashgan bo‘lib, ularning hajmi mos ravishda 4,4 va 4,3 trillion dollarni tashkil etadi. Jahon iqtisodiyotining deyarli 55 foizi yetakchi beshlik hissasiga to‘g‘ri keladi.
XVJ prognozlariga ko‘ra, 2025-yilda eng yirik o‘nta iqtisodiyotga ega davlatlar ro‘yxatiga Buyuk Britaniya (3,7 trln), Fransiya (3,3 trln), Italiya (2,5 trln), Kanada (2,3 trln) va Braziliya (2,3 trln) ham kiradi.
Rossiya ushbu reytingda 2,2 trillion dollar bilan 11-o‘rinni egallab turibdi — BRIKSga a’zo davlatlar orasida faqat JAR (418 milliard dollar, butun Afrikadagi eng yirik iqtisodiyot) ortda qoladi. Shuningdek, ikkinchi o‘ntalikdan Janubiy Koreya (1,9 trln), Avstraliya (1,9 trln), Ispaniya (1,8 trln), Meksika (1,8 trln), Indoneziya (1,5 trln), Turkiya (1,5 trln), Niderlandiya (1,3 trln), Saudiya Arabistoni (1,1 trln) va Shveysariya (1 trln) joy olgan. Dunyoning qolgan har bir mamlakatining nominal YIM ko‘rsatkichlari 2025-yilda 1 trillion AQSH dollaridan oshmaydi.
Tahlilchilarga ko‘ra, O‘zbekiston iqtisodiyoti 2025-yilda 127 milliard dollarni tashkil etishi kutilmoqda, bu esa AQSH iqtisodiyoti O‘zbekistonnikidan taxminan 236 baravar yuqori bo‘lishini anglatadi.
Ushbu ko‘rsatkichni oshirish uchun O‘zbekistonning:
Global iqtisodiy muhitda O‘zbekistonning rolini oshirish uchun mamlakat mintaqaviy hamkorlikda va xalqaro savdo tizimida faol ishtirok etishi zarur.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10502 | Инструменты