Huawei 1
2025 yil uchun ijara haqining yangi minimal stavkalari belgilandi

2025 yil 1 yanvardan bino yoki avtomashinani ijaraga beradigan jismoniy va yuridik shaxslar uchun eng kam ijara haqi stavkasi belgilandi. Bu 2025 yilgi davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunda qayd etilgan

Jumladan, turar joyni ijaraga berish bo‘yicha eng kam stavka quyidagicha belgilangan (1 kv.m. uchun oyiga):

  • Toshkent shahrida – 28 ming so‘m (+12 foiz);
  • Nukus shahri va viloyat markazlarida – 13,5 ming so‘m (+12,5 foiz);
  • boshqa aholi punktlarida – 5,5 ming so‘m (+10 foiz). 

Noturar joyni ijaraga berish bo‘yicha eng kam stavka quyidagicha belgilangan (1 kv.m. uchun oyiga):

  • Toshkent shahrida – 45 ming so‘m (+12,5 foiz);
  • Nukus shahri va viloyat markazlarida – 26,5 ming so‘m (+12,7 foiz);
  • boshqa aholi punktlarida – 11 ming so‘m (+10 foiz). 

Shuningdek, yengil avtomobilni ijaraga berishning eng kam stavkasi oyiga 858 ming so‘m (+10 foiz), mikroavtobus, avtobus va yuk avtomobili uchun 1 mln 705 ming so‘m (+10 foiz) qilib belgilangan.

Qayd qilinishicha, mazkur stavkalar jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadiga soliq solish maqsadida qo‘llanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10618 | Инструменты