Super yengil vazn toifasida jang qiluvchi o‘zbekistonlik MMA jangchisi Ramazon Temirovning UFC’da navbatdagi jangini Charlz Jonsonga qarshi o‘tkazadi.
Manbaga ko‘ra, 1 mart kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tadigan UFC Fight Night turnirida super yengil vazn toifasi vakillari Ramazon Temirov hamda Charlz Jonson oktagonga ko‘tariladi.
Ma’lumot uchun, 33 yoshli Jonson shu vaqtga qadar MMA’da 25 ta jang o‘tkazib, 17 ta g‘alaba va 8 ta mag‘lubiyat qayd etgan. Oxirgi jangini 19-oktyabr kuni UFC Fight Night 245 turniri doirasida xitoylik Su Mudayerjiga qarshi o‘tkazib, hakamlar qaroriga ko‘ra, g‘alaba qozongan.
27 yoshli Temirov esa MMA’da 10-9-1 rekordiga ega. U oxirgi jangini 12-oktyabr kuni UFC Fight Night 244 doirasida amerikalik Sijey Vergaraga qarshi o‘tkazib, muddatidan avval g‘alaba qozongandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10618 | Инструменты