3 yanvar, juma kuni kechqurun Bratislavadagi Slovakiya hukumati binosiga to‘rt mingga yaqin odam Ukrainani qo‘llab-quvvatlash va bosh vazir Robert Fitsoga qarshi norozilik bildirish uchun keldi, deb xabar bermoqda Slovakiyaning Aktuality axborot portali.
Aksiya tashkilotchisi Ukraina Qurolli kuchlari uchun o‘q-dorilarga pul yig‘uvchi «Ukraina uchun tinchlik» fuqarolik birlashmasi bo‘ldi. Namoyishchilar Slovakiya va Yevropa Ittifoqi bayroqlarini ko‘tarib olishgan. Yevropa Ittifoqining madhiyasi – Betxovenning 9-simfoniyasidan «Shodlik qasidasi» ijro etildi. Shiorlar orasida: «Slovakiya – Yevropa! Rossiya jonimizga tegdi!», «Fitso, Moskvaga ko‘chib o‘t!» kabilar bor edi.
Sahnadan so‘zga chiqqan muxolifatchi siyosatchi Lyusiya Shtasselova 1968 yilda sovet qo‘shinlarining Chexoslovakiyaga kirganini esladi. «Men bu davlatning Rossiyaning siyosiy ta’siri ostida qolishiga yo‘l qo‘ymayman», dedi u.
Slovakiyaning eski va yangi madhiyalari
Aksiya yakunida 1993 yilda qabul qilingan Slovakiya madhiyasining eski versiyasi ijro etildi. Bu ham muxolifatning ishorasi edi, chunki 1 yanvar, chorshanba kuni Fitso boshchiligidagi mamlakat hukumati yangi madhiyani tasdiqladi. Madaniyat vaziri Martina Shimkovichova u «milliy g‘ururni oshirishi» kerakligini aytdi.
Yangi versiyada qo‘shiq matni va ohangi bir xil, lekin boshqa, tantanaliroq aranjirovkaga ega. AFP orkestr muqaddimasi qo‘shilganini ta’kidlab, uni «Rossiya madhiyasi kabi instrumental takt» deb atagan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10617 | Инструменты