Huawei 1
Barqarorlik reytingidagi tadbirkorlarning 724 tasiga 1,1 trln so‘mlik QQS summasi qaytarib berildi

Xabaringiz bor, O‘zbekistonda joriy yil 1-fevraldan Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi joriy etildi. Reyting natijalari Soliq qo‘mitasining elektron platformasida avtomatik tarzda shakllantirilib, Savdo-sanoat palatasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilib borilmoqda. Shuningdek, reyting maʼlumotlarini Soliq mobil ilovasi hamda soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetida ko‘rish imkoniyati yaratilgan.

Savdo sanoat palatasining maʼlum qilishicha, ushbu tizim joriy qilingan kundan bugungacha AAA reytingdagi tadbirkorlarning 724 tasiga 1,1 trln so‘mlik QQS summasi 1 kunda tekshiruvlarsiz qaytarib berildi.

Shuningdek, A va undan yuqori reytingdagi 355 ta tadbirkorlik subyektlarining soliqlardan (QQS bundan mustasno) mavjud 25,8 mlrd so‘mlik ortiqcha to‘lovlari 3 kun muddatda qaytarib berildi.

Tovarlarni import qilishda va realizatsiya qilishda 92 ta tadbirkor tomonidan to‘lanadigan 319,2 mlrd so‘mlik QQS summalari o‘zaro hisobga olindi.

Mazkur tizim 384,3 mingta korxonada xato va kamchiliklar aniqlab tekshiruvlarsiz bartaraf etilishiga xizmat qildi.

Elektron hisobvaraq-fakturalarning belgilangan muddatlarda rasmiylashtirilishi joriy yilning boshiga nisbatan 1,7 mln taga ortib 4,7 mln taga yetgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101020 | Инструменты