Huawei 1
9 oyda magistral elektr tarmoqlari orqali 54,3 mlrd kilovatt-soat elektr energiyasi uzatilib, reja 100 foizga bajarildi

AOKAda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida yuqori kuchlanishli podstansiyalarning 2024/2025-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari to‘g‘risida maʼlumot berildi. 

2024-yil yanvar-dekabr oylarida magistral elektr tarmoqlari orqali 74,0 mlrd kilovatt•soat elektr energiyasini uzatish kutilmoqda hamda 16,1 mln kilovatt•soat miqdorida elektr energiyasi isteʼmolini iqtisod qilish rejalashtirilgan.

2024-yil yakunigacha barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 430,6 mln AQSH dollari hisobidagi (2023 yil rejasiga nisbatan o‘sish surʼati 262,6 foiz) mablag‘ o‘zlashtirish rejalashtirilgan.

Yangi qurilish hamda modernizatsiya dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar natijasida jami 71 km elektr uzatish tarmoqlari qurilib foydalanishga topshirildi.

Yil yakuniga qadar Investitsiya loyihalari doirasida jami 488 km elektr uzatish tarmog‘i hamda 2186 megavolt•amper qo‘shimcha quvvat yaratiladi.

2024-yilda yanvar-sentyabr oyida tizim korxonalarida 30 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Doimiy ravishda elektr uzatish havo tarmoqlari va podstansiya elektr qurilmalarining kontakt birikmalari teplovizor qurilmalari yordamida ko‘rikdan o‘tkazildi va 200 tadan ortiq aniqlangan qizishlar bartaraf qilinib, favqulodda holatlar oldi olindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101020 | Инструменты