Huawei 1
Buxoroda tug‘uruqxonadan chaqaloqni olib chiqish uchun pul talab qilingani haqida xabarlar tarqaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Shofirkon tumanida tug‘uruqxonadan chaqaloqni olib chiqish uchun pul talab qilingani va shu tufayli janjal yuzaga kelganiga doir videolavha tarqaldi.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qildi.

Joriy yil 6-oktyabr kuni soat 10:00 atrofida Shofirkon tumanining "Jo‘yrabod" MFY hududida yashovchi ayol M.I. tuman tug‘uruq bo‘limida tabiiy yo‘l bilan o‘g‘il farzandni dunyoga keltirgan.

Tug‘ruqdan keyingi 2-3-sutkada amaldagi milliy emlash kalendari asosida yangi tug‘ilgan chaqaloq gepatit B hamda silga qarshi (BSJ) emlangan.

9-oktyabr kuni silga qarshi emlashdan so‘ng go‘dakda bezovtalik kuzatilgani, amaldagi standartlarga muvofiq, vaksina olgandan keyin 1-2 kun davomida chaqaloq tibbiy kuzatuvda bo‘lishi lozimligi aytilishiga qaramay, M.I. qaynotasining qistovi bilan uyga javob berishlarini so‘ragan.

Tug‘uruq bo‘limi tibbiyot xodimlari tomonidan bemorga javob berilmasligi ma’lum qilingan.

Shundan so‘ng M.I.ning yaqin qarindoshlari (qaynotasi va turmush o‘rtog‘i) tug‘uruqxona xodimlari tomonidan pul talab qilinganini vaj qilib janjal ko‘targan va muassasa kirish eshigini sindirgan.

O‘sha kuni bemor soat 23:00 atrofida yaqin qarindoshlari qat’iy talabi asosida uyiga chaqalog‘i bilan birga qoniqarli ahvolda olib ketilgan.

Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101022 | Инструменты