Huawei 1
10-oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti

Shavkat Mirziyoyevga standartlashtirish sohasidagi ishlar haqida axborot berildi

Bu yil 340 ta milliy standart, 2025-yil yakunigacha yana 38 ta reglament ishlab chiqiladi. 28 ta texnik qo‘mita, laboratoriyalar faoliyatini raqamlashtirish ham muhim. Buning uchun “Texnik tartibga solish” elektron platformasi ishga tushiriladi.

O'zbekistonda yetishtirilgan uzum AQShga eksport qilindi

AQShga 1,7 ming tonna yangi uzum mahsuloti havo transporti orqali Nyu-York shahriga yetkazildi.

Toshkent metropoliteni 2025-yilda 10 ta maxsus ventilyator sotib oladi

"Ventilyatsiya tizimi masalasida bizga ko‘plab murojaatlar kelib tushgan. Sovuq vaqtda isitish kerak, issiqda esa sovitish kerak, degan gaplar bo‘ladi", - dedi Toshkent metropolitenining rejim xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Abdutohir Abduqodirov.

2024-yilda “Yoshlar daftari”ga kiritilganlarga 230 mlrd so‘m miqdordagi mablag‘ yo‘naltirildi

Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning 17 460 nafar xodimlariga 4 mln yoshlar otaliqqa berilib, ularning 178 132 ta ijtimoiy va maishiy muammolari hal etildi.

Shavkat Umurzoqov: Toshkentda har bir tumanning bosh rejasi ishlab chiqiladi

Toshkent shahrining 12 ta tumani uchun alohida bosh rejalar ishlab chiqiladi. Bu haqda poytaxt hokimi Shavkat Umurzoqov maʼlum qildi.

“Xotinim qiz tug‘sa axlatga tashlayman” deb chiqish qilgan tiktokerga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Metro bekatlariga yaqin korxonalarda ham ish vaqtini o‘zgartirish rejalashtirilmoqda

Hozirda metropolitenning Paxtakor, Amir Temur xiyoboni hamda Chilonzor bekatlari eng yuqori yo‘lovchi oqimiga ega.

O‘zbekistonda 9 oyda qancha ipoteka kreditlari ajratilgani ma’lum qilindi

Markaziy bank 2024-yilning to‘qqiz oyi davomida aholiga ajratilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha maʼlumot berdi.

Nogironligi bor bolalar yuridik texnikumlarda bepul o‘qishadi

Kiritilayotgan qo‘shimchalar bilan nogironligi bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash choralari belgilanmoqda.

Paxta yig‘im-terimi bilan bog‘liq holatlar Milliy komissiya nazoratiga olindi

Mazkur holatlar zudlik bilan o‘rganiladi hamda masʼullarning faoliyatiga huquqiy baho berilishi taʼminlanadi.

O'zbekiston elchixonasi AQShning Florida shtatidagi vatandoshlarni ehtiyot choralarini ko'rishga chaqirmoqda

AQShning Florida shtatining 51 ta shahrida "Milton" to'foni kirib kelayotgani munosabati bilan favqulodda holat e'lon qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101022 | Инструменты