«Buyuk Kelajak» XNNT eksperti Habib Abdullyev «Navoiy» EIZ Direktsiyasi direktori lavozimiga tayinlandi.

Habib Abdullayev «Navoiy» Erkin Iqtisodiy Zonasi Direktsiyasining yangi direktori etib tayinlandi. «Navoiy» EIZ jahon standartlariga javob beradigan va jahon bozorlarida talab qilinadigan mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlaydigan, zamonaviy yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun xorijiy investitsiyalarni, birinchi galda to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalarni jalb etish bo’yicha qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek Navoiy viloyatining sanoat salohiyatini, ishlab chiqarish, transport-tranzit va ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida 2017 yilning mart oyida tashkil topgan.


Habib Abdullaev (1967) - «Rikor» texnoparkining bosh direktori (Moskva), Moskvadagi o’zbek milliy-madaniy avtonomiyasi raisi, «O’zbegim» gazetasining nashriyotchisi. RF Nashriyot vazirligi korxonalarida, AFK «Sistema» va boshqa tashkilotlarda 25 yillik rahbarlik tajribasiga ega. «Buyuk Kelajak» ekspertlar kengashi a’zosi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61906 | Инструменты