Huawei 1
Kongodagi ko‘lda kema ag‘darilishi oqibatida kamida 126 kishi halok bo‘ldi

Kongo Demokratik Respublikasi sharqidagi Kivu ko‘lida kemaning ag‘darilishi oqibatida kamida 126 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda TACC "BelTA" agentligiga tayanib xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, kema bortida jami 450 kishi bo‘lgan. Ulardan 45 nafari qutqarib qolingan. Qolganlarni qidirish ishlari davom etayotgani aytildi.

Kema 3-oktyabr kuni Goma portiga yaqinlashayotganda ag‘darilib ketgan. Unda oziq-ovqat mahsulotlarini tashiydigan savdogarlar bo‘lgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100619 | Инструменты