Huawei 1
Taekvondochilarimiz jahon chempionatida tarixiy natijaga erishdi

Bugun, 6-oktyabr kuni Koreya Respublikasining Chuncheon shahrida taekvondo WT bo‘yicha yoshlar o‘rtasida yakunlangan jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin va 1 ta bronza medallariga sazovor bo‘ldi.

Dunyoning eng kuchli yosh taekvondochilari ishtirokida o‘tkazilgan chempionatda umidli sportchilarimizdan Dilmurod Maʼrufjonov 45 kilogramm vaznda oltin, Behruz Salimov -48 kilogrammda bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Shuni taʼkiddash lozimki, bu o‘zbek taekvondosi uchun muhim ahamiyat kasb etdi. Chunki, bugungacha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatlarida o‘zbekistonlik taekvondochilar hali oltin medalga sazovor bo‘lmagandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122211 | Инструменты