26-fevral kuni Italiya, Turkiya, Shveysariya, Germaniya, Ozarbayjon, Rossiya, Xitoy va Markaziy Osiyodan mehmonxona biznesi, turizm va unga aloqador sohalar bo‘yicha 400 dan ortiq yetakchi mutaxassislarini o‘zida jamlagan “HOTEL BUSINESS FORUM-2025” xalqaro forumining ikkinchi kuni yakunlandi.
“Mehmondo‘stlikning kelajagi: yangi rahbarlar uchun innovatsion ta’lim” mavzusidagi oltinchi sessiyada mutaxassislar turizm va mehmondo‘stlik sohasida kadrlar tayyorlash, texnologik innovatsiyalar va mehmonxona biznesidagi raqamli transformatsiya masalalarini muhokama qildilar.
Turizm qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Djamshid Abdusalamov forumning navbatdagi sessiyasidagi nutqida bugungi kunda 35 ta oliy ta’lim muassasasida 11,5 mingdan ortiq talaba turizm va mehmonxona boshqaruvi yo‘nalishida ta’lim olayotganligini hamda 2 mingdan ortiq o‘quvchi professional ta’lim tizimi orqali ushbu sohadagi bilim va ko‘nikmalarni egallayotganligini qayd etdi.
Forumda doirasida interaktiv B2B va G2B uchrashuvlari, ixtisoslashgan workshoplar hamda “HoReCa” segmenti uchun mahsulot va xizmatlar ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.
“HOTEL BUSINESS FORUM -2025” yakunlari bo‘yicha bir qator anglashuv va hamkorlik memorandumlari imzolandi.
“HOTEL BUSINESS FORUM -2025” - xalqaro darajadagi yetuk mutaxassislarni yagona manzilda mujassamlashtirib, mehmondo‘stlik sohasidagi dolzarb tendensiyalarni muhokama qilish uchun keng maydon bo‘lib xizmat qildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22720 | Инструменты