Huawei 1
Iste’mol va avtokreditlar berish hajmi ikki barobardan ko‘proq kamaydi

Joriy yilning to‘qqiz oyida milliy valyutada rasmiylashtirilgan iste’mol va avtokreditlar hajmi ikki barobardan ko‘proq kamaydi.

Yanvar-sentabr oylarida fuqarolar tomonidan 12,79 trln so‘mlik avtokreditlar olindi, bu o‘tgan yilning shu ko‘rsatkichidan 2,36 barobar kamdir.

Eng yuqori oylik ko‘rsatkichlar yanvar, aprel va may oylariga to‘g‘ri keldi, o‘shanda 1,7 trln so‘m chiqarilgan.

Iste’mol kreditlari 2,4 barobarga — 32,54 trln so‘mdan 13,05 trln so‘mga qisqardi. Eng ko‘p chakana kreditlar may oyida (1,8 trln so‘m) berilgan.

Sentabr oyida avtokreditlash 2022-yil fevral oyidan beri eng past darajaga yetdi. Uchinchi chorakda avtokreditlar berish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan uch baravardan ko‘proq kamaydi.

avtokredit, iste'mol krediti, markaziy bank

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122213 | Инструменты