Huawei 1
Janubiy Koreyaning HAEAHN kompaniyasi Yangi Toshkentdagi 500 mln dollarlik tibbiy klaster bosh rejasini ishlab chiqdi

Janubiy Koreyaning NCND kompaniyasi Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida tibbiyot klasteri bosh rejasini ishlab chiqdi. Bu haqda 14-oktabr kuni loyihani Shavkat Mirziyoyevga taqdim etgan kompaniya bosh direktori Kim Son Xun ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 1990-yildan buyon qurilish va arxitektura sohasida faoliyat yuritib kelayotgan kompaniya loyihani 420 gektar maydonda amalga oshirmoqda. Uning qiymati 500 million dollarga baholangan va ishga tushirilgandan so‘ng 10 ming ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda.

Loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini (TIA) 20-oktabrga qadar ishlab chiqish rejalashtirilgan va birinchi bosqich 2026-yil dekabrida ishga tushirilishi kutilmoqda. Tibbiyot klasteridan budjetga tushumlar hajmi yiliga 330 milliard so‘mni tashkil etishi rejalashtirilgan.

Prezidentga taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniyaning aktivlari 50 milliard dollarga baholangan, ishchilar soni 20 ming nafarni tashkil qiladi.

Janubiy Koreya kompaniyalari delegatsiyasi tarkibiga kirgan HAEAHN Architecture vakillari Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Davron Odilov bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda “Yangi Toshkent” loyihasi doirasidagi tibbiyot klasteri qurilishida Janubiy Koreyaning eng ilg‘or tajribasini qo‘llagan holda ishtirok etishga qiziqish bildirgandi. Ta’kidlanishicha, kompaniya tibbiyot klasteri qurilishi bilan cheklanmoqchi emas, balki Yangi Toshkentdagi turar-joy majmualariga ham sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda.

Ikki tomonlama o‘zaro anglashuv memorandumi imzolangandan so‘ng HAEAHN prezidenti arxitektura kompaniyasi Yangi Toshkentda quriladigan tibbiy klasterning bosh rejasini ishlab chiqishni boshlashini ma’lum qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122623 | Инструменты