2024-yilda Rossiya neftini Qozog‘iston hududi orqali O‘zbekistonga tranzit qilish hajmi rejalashtirilgan 500 ming tonnadan 550 ming tonnagacha oshiriladi. Bu haqda KazTransOil AJ xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Qozog‘iston Energetika vazirligi tomonidan tasdiqlangan neft yetkazib berish jadvaliga muvofiq, yanvar oyida KazTransOil AJ Qozog‘iston hududi orqali O‘zbekistonga 25 ming tonna Rossiya neftini yetkazib berishni ta’minlaydi.
"KazTransOil AJ magistral neft quvurlari tizimi orqali Rossiya neftini O‘zbekistonga yuborish 2017-yilda boshlangan. 2017-yilda tranzit hajmi 67,9 ming tonnani, 2018-yilda 35,8 ming tonnani tashkil etdi. 2019-2022-yillarda Rossiya neftining Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga tranziti bo‘lmagan. 2023-yilda KazTransOil AJ O‘zbekistonga 154,3 ming tonna Rossiya neftini yetkazib berdi", - deyiladi xabarda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122303 | Инструменты