Janubiy Koreya milliy temir yo‘l korporatsiyasi (Korail) O‘zbekistonda yuqori tezlikdagi temir yo‘l qurilishining texnik-iqtisodiy asoslashi bilan shug‘ullanadi. Bu haqda Yonhab nashri xabar berdi.
Toshkent va Samarqand o‘rtasidagi yangi tezyurar temir yo‘l qurilishi loyihasi Janubiy Koreya Eksimbankining Iqtisodiy hamkorlik jamg‘armasi (EDCF) hisobidan moliyalashtiriladi.
Texnik-iqtisodiy asoslash ishlari 15 oy, ya’ni 2026-yilning mart oyigacha davom etadi. “Korail”, shuningdek, “Saman” va “Dongmeong Technology Corporation” kompaniyalaridan iborat “K-Rail” jamoasi jarayonni olib boradi.
Loyiha doirasida joylarda tadqiqotlar, kelajakdagi transport talabiga bo‘lgan prognozlar, infratuzilmaning asosiy rejasini ishlab chiqish, qurilish qiymatini hisoblash va iqtisodiy samaradorlikni tahlil qilish amalga oshiriladi. Shuningdek, mahalliy mutaxassislarni o‘qitish ko‘zda tutilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121904 | Инструменты