Kreativ iqtisodiyot rivojlantiriladi

“Kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–64-son, 16.02.2026-y.) qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, 2030-yilga qadar kreativ iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy maqsadli ko'rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi:

- kreativ iqtisodiyotning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 5 foizga – 145 trln so'mga yetkazish;

- kreativ industriya mahsulotlari va xizmatlari eksportini 1 mlrd AQSH dollaridan oshirish;

- sohada amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida ish o'rinlarini 500 mingtaga yetkazish.

2026–2027-yillarda 1-bosqichda quyidagilardan iborat Kreativ industriya parki infratuzilmalari davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi:

- sayr etish, dam olish va hordiq chiqarish, art-obyekt va monumental san'at asarlari hududlaridan iborat yashil bog';

- raqamli dizayn va dasturlash yo'nalishida nufuzli xalqaro maktab;

- buk-kafe, sport va vorkaut maydonchalari, mehmonxona;

- badiiy ijodkorlar paviloni, kreativ ustaxonalar, ekologik ofis xonalari va kovorking markazi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21717 | Инструменты