Huawei 1
Navoiy viloyatining butun hududi erkin iqtisodiy zona deb e’lon qilindi

"Navoiy viloyatining butun hududi erkin iqtisodiy zona deb e’lon qilindi", - dedi Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov bugun bo'lib o'tgan O‘zbekiston-Qozog‘iston biznes-forumida. 

"Navoiy viloyati Qizilo‘rda viloyatining Qarmaqshi va Shardara tumanlari, shuningdek, Qozog‘iston Respublikasi Turkiston viloyatining Shiyeli tumani bilan umumiy chegaraga (620 km) ega. Bugungi kunda mintaqada 40 mingga yaqin qozoq millati vakillari, ya’ni O‘zbekistondagi eng yirik diaspora yashaydi

Sanoat salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida, xususan, innovasion, eksportga yo‘naltirilgan va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun O‘zbekiston prezidentining alohida qarori bilan butun Navoiy viloyati hududi erkin iqtisodiy zona deb e’lon qilindi. 

O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, Navoiy viloyati bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 85 million dollarni tashkil etdi. Joriy yilning 11 oyi davomida bu ko‘rsatkich 88 million dollarga yetdi", — dedi Normat Tursunov

Shu bilan birga, u 2025-yilgacha tovar ayirboshlash hajmini ikki barobarga oshirish maqsad qilinganligini ta’kidladi.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin O‘zbekiston-Qozog‘iston biznes-forumi yakunlari bo‘yicha qiymati 3 milliard dollardan ortiq bo‘lgan kelishuvlar imzolagani va O‘zbekiston - Qozog‘iston qo‘shma tashqi savdo kompaniyasi tashkil etilishi haqida xabar bergan edik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11601 | Инструменты