“XINJIAN TIANJIN ENTERPRISE FEDERATION” (Shenjon-Teyjun ishbilarmonlar uyushmasi) raisi Ln Ching bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda xitoylik investorlarning Navoiy viloyatiga qiziqishi baland ekanligi alohida ta’kidlandi.
Xususan, Navoiy viloyatida sanoat zonasini tashkil etish, qurilish, turizm, transport infratuzilmasini rivojlantirish yo‘nalishlarida muzokaralar olib borildi.
Muzokaralar davomida Navoiy viloyatida jamoat transporti yo‘nalishlari tarmog‘ini kengaytirish va harakat tarkibini zamonaviy, ekologik toza avtobuslar bilan yangilash maqsadida “YUTONG” kompaniyasi vakillari bilan 60 ta avtobus xaridi yuzasidan shartnoma imzolandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122304 | Инструменты