Huawei
Nima uchun O'zbekiston pandemiya davrida oltin-valyuta zaxiralarini iqtisodiyotga sarflamayapti?

Moliya vaziri o'rinbosari Odilbek Isoqov UZREPORT TV telekanaliga bergan intervyusida nima uchun O'zbekiston pandemiya davrida oltin-valyuta zaxiralarini sarflamagani va mazkur zaxiralarning mamlakat iqtisodiyotidagi o'rni haqida gapirib berdi.

"O'zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 34 milliard AQSH dollarini tashkil qiladi. Buning yarmi turli xil yuqori reytingga ega banklardagi depozitlarda turadi, yarmi sof oltin ko'rinishida turadi. Ko'pchilikda shunday savol tug'iladi: "Nima uchun zarurat tug'ilganda mana shu 34 mlrd dollardan olib iqtisodiyotga sarflanmaydi?" Bu to'g'ri savol. Xalqimiz bu savolni berishga haqli. Lekin bitta narsani unutmaslik kerak.

Oltin-valyuta zaxiralarimiz bu mamlakatning "xavfsizlik yostiqchasi". Bizning so'm valyutamiz devalvatsiya bo'lib ketmasligini ta'minlab turadi. Xorijiy investorlar yurtimizga kelishdan oldin o'ylaydi. Agar men keyinchalik dividendlarimni olib chiqib ketsam, so'mni dollarga aylantirib berishga O'zbekistonning puli yetarmikan, deb o'ylaydi. 

Demak, bundan shunday xulosa qilish mumkin: Oltin-valyuta zaxiralari mamlakatning investitsion jozibadorligini ta'minlash uchun juda muhim. Biz agar buni ishlatib qo'yadigan bo'lsak, yurtimizga investitsiya oqimini kirib kelishiga judayam katta salbiy ta'sir ko'rsatadi", - dedi Odil Isoqov.

Комментарии: 0
Вы не авторизованы
Добавить комментарии без регистрации

Вверх