Huawei 1
O‘zbekiston mart oyida ham dunyodagi eng yirik oltin sotuvchisi bo‘ldi

O‘zbekiston Markaziy banki 2025-yil mart oyida 11 tonna oltin sotdi. Jahon oltin kengashi (WGC) ma’lumotlariga ko‘ra, bu dunyo bo‘yicha oy davomidagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Martda dunyodagi markaziy banklar tomonidan jami 35 tonna qimmatbaho metall xarid qilindi va 18 tonnalik sotuvlar amalga oshirildi.

Eng ko‘p oltinni Polsha (+16 t), Qozog‘iston (+11 t) va Xitoy (+3 t) sotib olgan bo‘lsa, O‘zbekiston (-11 t), Singapur (-5 t) va Qirg‘iziston (-2 t) eng ko‘p oltin sotgan davlatlar bo‘ldi.

Eslatib o'tamiz, O‘zbekiston uch oyda 3,6 mlrd dollarlik oltin sotdi. Bu mamlakat eksporti tushumining 44 foiziga teng. Shuningdek, joriy yil yanvar–mart oylarida O‘zbekiston eksporti hajmi 8,1 mlrd dollarni tashkil etib, 2024-yil mos davridagidan 24,4 foizga ko‘paydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60702 | Инструменты