Huawei 1
O‘zbekiston nomidan va kafolati asosida olinadigan davlat qarzining cheklangan hajmi oshirilmoqda

“2025 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.

Qonun (O'RQ-1012-son, 24.12.2024 y.) bilan “2024 yil uchun O'zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to'g'risida”gi qonuniga o'zgartirishlar kiritildi.

Unga ko'ra, Qonunga ayrim toifadagi bemorlarga dori vositalarini bepul taqdim etish, madaniyat va san'atni rivojlantirish, Milliy futbol markazini tashkil etish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, innovatsion sanoat zonalarini barpo etish, shuningdek innovatsion va yuqori texnologiyali sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishini yo'lga qo'yish uchun mablag'lar ajratilishini nazarda tutuvchi o'zgartirishlar kiritilmoqda.

Bundan tashqari Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg'armasi hajmi, O'zbekiston nomidan va kafolati asosida olinadigan davlat qarzining cheklangan hajmi oshirilmoqda.

Davlat budjetidan davlat maqsadli jamg'armalariga ajratiladigan transfertlar miqdorlari, ushbu jamg'armalarning daromadlari hamda xarajatlari o'zgartirilmoqda.

O'zbekiston Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda topshiriqlariga muvofiq mablag'larning bir qismini maqbullashtirish va ularni qo'shimcha xarajatlarga yo'naltirish nazarda tutilmoqda.

Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122605 | Инструменты