Huawei 1
O‘zbekiston Qozog‘iston donining asosiy xaridori bo‘ldi

Qozog‘istondan eng ko‘p O‘zbekistonga don eksport qilinmoqda. Bu haqda Qozog‘iston Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bir yil davomida Qozog‘iston temiryo‘l orqali xorijga 8,1 million tonna g‘alla jo‘natgan. Asosiy xaridorlar ro‘yxatiga quyidagilar kiradi:

O‘zbekiston — 3,3 million tonna;

Xitoy — 1,7 million tonna;

Tojikiston — 1,2 million tonna ( bu mamlakatga eksport o‘tgan yilga qaraganda 20 foizga oshgan).

Shuningdek, Eron va Ozarbayjonga yetkazib berish ham tiklangan.

“Bozor tiklanganidan keyin Eronga don yetkazib berish hajmi ikki baravarga oshib, 526 ming tonnaga, Ozarbayjonga esa 1,8 barobarga oshib, 211 ming tonnaga yetdi”, deyiladi xabarda.

Qirg‘izistonga don yetkazib berish ham 1,9 barobar oshgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11401 | Инструменты