Huawei 1
O‘zbekiston Rossiya, Xitoy va YI bilan JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda — maxsus vakil

O‘zbekiston Rossiya, Xitoy, Yevropa Ittifoqi va boshqa rivojlangan davlatlar bilan Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda 6-noyabr kuni “O‘zbekistonda Yevropa iqtisodiyoti kunlari” haftaligida prezidentning JST bo‘yicha maxsus vakili Azizbek Urunov ma’lum qildi, deya xabar berdi Spot.

Noyabr oyida O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha AQSh bilan bir yildan ortiq davom etgan muzokaralarni yakunladi. 

Shu tariqa, Qo‘shma Shtatlar mamlakatning tashkilotga a’zoligini qo‘llab-quvvatlagan 21-davlatga aylandi.

“Bizda [JSTga a’zo bo‘lish borasida] bosqichma-bosqich yakunlanayotgan ikki tomonlama muzokaralar bo‘yicha davlatlarning arizalari mavjud. Biz 21ta davlat bilan muzokaralar yakunlanganini ma’lum qilgan edik. Muzokaralarni yakunlashimiz kerak bo‘lgan yana bir necha davlat qoldi. [Bu] Rossiya, Yevropa Ittifoqi, Xitoy, Buyuk Britaniya, Shveysariya va shunga o‘xshash bir qator davlatlardir”, — dedi Urunov.

Shu bilan birga, maxsus vakil JSTga a’zo bo‘lishdan oldin nomzod davlat tashkilotning boshqa a’zolari bilan ikki tomonlama muzokaralarni boshlashi mumkin, deya ta’kidladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122212 | Инструменты