“Oʻzbekiston temir yoʻllari” va Janubiy Koreyaning “Hyundai Rotem” kompaniyasi oʻrtasida elektropoyezdlar sotib olish shartnomasi imzolandi

Koreya Respublikasi prezidentining O'zbekistonga tashrifi doirasida "O‘zbekiston temir yo‘llari", “Temiryo‘lekspress” va Hyundai Rotem kompaniyalari o‘rtasida "Toshkent — Urganch — Xiva" yangi yo‘nalishi bo‘yicha elektropoyezdlarni yetkazib berish va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma imzolanadi. Bu haqda "O‘zbekiston temir yo‘llari" matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston prezidentining 2023-yil 10-oktyabrdagi qaroriga ko‘ra, Janubiy Koreya Iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish jamg‘armasi (EDCF) ishtirokida oltita tezyurar elektropoyezd xarid qilish rejalashtirilgan bo‘lib, unga 10 yillik imtiyozli davr bilan 35 yil muddatga (yillik 0,1 foiz stavkada) 185 million yevro kredit ajratish ko‘zda tutilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51817 | Инструменты