Huawei 1
O‘zbekiston va Eron imtiyozli savdo masalasini muhokama qildi

Shu kunlarda Eron ishbilarmon doira vakillari O‘zbekistonda bo‘lib turibdi.

Tashrif doirasida investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov va Eron Islom Respublikasi delegatsiyasi rahbari – Savdo-sanoat, konchilik va qishloq xo‘jaligi palatasi prezidenti Samad Hasanzoda o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Muzokara chog‘ida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikka oid dolzarb mavzular ko‘tarildi, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida hamkorlikni yana-da rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari belgilab olindi. Tovar ayirboshlash hajmini oshirish bo‘yicha real imkoniyatlar tahlil etildi. Jumladan, imtiyozli savdo tartibiga doir masalalar muhokama qilindi. 

Uchrashuv yakunida tomonlar rejalashtirilgan tadbirlarni o‘zaro maʼqullashdi. Xususan, 2025 yil birinchi choragida O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi Hukumatlararo komissiyaning 16-yig‘ilishi, shuningdek qo‘shma biznes-forum o‘tkazish masalasi bo‘yicha muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlar ishlab chiqildi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92112 | Инструменты