Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari O‘zbekistonda 2017-2022-yillarda sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilgan islohotlarning asosiy natijalarini tahlil qildi.
O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasini isloh qilish va o‘zgartirish Yangi O‘zbekistonning 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi va 2018-yilda tasdiqlangan O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq amalga oshirilmoqda. Natijada:
— Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlarning umumiy soni 2022-yilda 2017-yildagiga nisbatan 1,8 barobar o‘sdi va 10547 tani tashkil etdi.
— 2017-yilda xususiy tibbiyot muassasalari soni 4000 ta edi, bugun esa ularning soni 7320 ta. Ularning 5823 tasi ambulator, 1497 tasi statsionardir. Natijada ko‘rsatilayotgan sog‘liqni saqlash xizmatlarining umumiy hajmi 3,8 marotaba oshdi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda aholi o‘rtasida yangi kasallanish holatlari kamaygan:
- sil kasalligi (har 100 000 kishiga) 2017-yildagi 44,9 nafardan 2022-yilda 35,9 nafargacha;
- gepatit B (har 100 000 kishiga) 2017-yildagi 0,8 nafardan 2021-yilda 0,3 nafargacha;
- 2- toifa qandli diabet (har 100 000 kishiga) 2017-yildagi 21,4 nafardan 2021-yilda 18,3 nafargacha.
Aholining oʻrtacha umr koʻrish davomiyligi 2017-yildagi 73,7 yoshdan 2021-yilda 73,8 yoshga koʻtarilib, quyidagi ko'rsatkichlar yaxshilandi:
- onalar o‘limi koeffitsiyenti (har 100 000 tirik tug‘ilgan chaqaloqqa) 2017-yildagi 21 nafardan 2021-yilda 14,4 nafargacha kamaydi;
- 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi koeffitsiyenti 2017-yildagi 15,4 nafardan 2021-yilda 12,3 nafargacha kamaydi;
- aholi oʻrtasida oʻz joniga qasd qilish tufayli hayotdan ko‘z yumish ko‘rsatkichi (har 100 000 kishiga) 2017-yildagi 7,5 nafardan 2021-yilda 6,4 nafargacha kamaydi.
O‘zbekistonga davolanish maqsadida kelgan sayyohlar soni 2022-yilda 69 ming 984 nafarni tashkil etdi. Masalan, Samarqand shahrida 8 ta yirik mehmonxonani o‘z ichiga olgan yirik turistik klaster tashkil etildi. Ulardan biri yuqori sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatadigan kurort tipidagi mehmonxona.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61414 | Инструменты