O‘zbekistonda 2022-yilda o‘zlashtirilgan xorijiy investitsiyalar hajmi e’lon qilindi

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilda O‘zbekistonda asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investisiyalar hajmi 270 trln so‘mni tashkil etgan.

Shundan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan jami xorijiy investisiya va kreditlar 112,2 trln so‘m miqdorida qayd etildi.

O‘zlashtirilgan jami xorijiy investitsiya va kreditlar hajmida eng yuqori ulushga ega bo‘lgan investor davlatlar:

— Rossiya – 20,3 %;

— Xitoy – 16,4 %;

— Turkiya – 10,1 %;

— Germaniya – 6 %;

— Saudiya Arabistoni – 6 %;

— AQSH – 3,8 %;

— Kipr – 3 %;

— Italiya – 2,4 %;

— Shveysariya – 1,9 %;

— Buyuk Britaniya – 1,6 %.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Oʻzbekistonda 2023-yilda 11 mlrd dollarlik toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya oʻzlashtirilishi haqida xabar bergan edik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51715 | Инструменты