O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan belgilanadigan rasmiy AQSh dollari kursi 2024-yilda 581,71 so‘mga — 27-dekabr kuni valyuta birjasidagi so‘nggi savdo kunida 12 338,77 so‘mdan 12 920,48 so‘mga ko‘tarildi.
Yil davomida milliy valyuta 4,71 foizga qadrsizlandi. Milliy valyutaning devalvatsiya sur’ati 2023-yilga nisbatan past (9,92 foiz), biroq 2022-yilga (3,58 foiz) nisbatan yuqori bo‘ldi.
Dekabr oyida dollar so‘mga nisbatan 55,43 so‘mga (+0,43 foiz), noyabrda deyarli 91 so‘mga (+0,71 foiz), oktabrda 59 so‘mga (+0,46 foiz) oshdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10114 | Инструменты