Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2024-yilning yanvar-dekabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 16 007,3 ming tonna sement ishlab chiqarilgan.
Sement ishlab chiqarish hajmi 2023 yilning tegishli davri bilan solishtirilganda 34,2 % ga oshgan.
Sement ishlab chiqarish dinamikasi o‘tgan yillarning mos davrida quyidagicha:
2022-yilda - 11 359,5 ming tonna;
2023-yilda - 11 931,3 ming tonna;
2024-yilda - 16 007,3 ming tonna sement ishlab chiqarilgan.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin birjada bir haftada 30 447 ta bitim tuzildi, sement, un va ammoniy sulfat narxi pasaygani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 81609 | Инструменты