Huawei 1
O‘zbekistonda bir yilda qancha soliq undirilgani maʼlum qilindi

2024-yilda mamlakat budjetiga soliq tushumlari 20 foizga oshdi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar berdi.

O‘tgan yili davlat byudjetiga 199,1 trillion so‘m soliq undirilgan. Mazkur miqdor 2023-yildagidan 33,1 trillion so‘mga (20 foiz) ko‘p.

“Hisobot davrida tuman va shaharlar byudjetiga soliq tushumlari 24 foizga oshgan”, deyiladi xabarda.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2024-yilda davlat byudjeti daromadlari 271 trillion so‘m bo‘lishini prognoz qilgan. Shundan soliq tushumlari 196,3 trillion so‘mni tashkil etishi kutilayotgani qayd etilgan.

Respublikada avvalgi yillarda yig‘ilgan soliqlar miqdorlari quyidagicha:

  • 2021-yilda 127,9 trillion so‘m;
  • 2022-yilda 148,5 trillion so‘m;
  • 2023-yilda 165,9 trillion so‘m.

Maʼlum qilinishicha, 2025-yilda qo‘mitaga 224 trillion so‘m soliq tushumlarini taʼminlash vazifasi yuklatilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10501 | Инструменты