Huawei 1
O‘zbekistonda inflyatsiya darajasi qachon 5 foizga tushadi?

O‘zbekistonda inflyatsiya kutilgan (5 foiz) darajaga tushishi kechikishda davom etmoqda. O‘tgan to‘rt yil davomida Markaziy bank infyatsiya bo‘yicha targetni to‘rt marta o‘zgartirdi.

Markaziy bank 2020-yil yanvardan inflyatsion targetlash rejimiga o‘ta boshlagan. Mazkur tizim inflyatsiya darajasini pasaytirish orqali aholi turmush darajasini yaxshilash va barqaror iqtisodiy o‘sish uchun sharoitlar yaratishni nazarda tutadi.

2019-yildagi prezident farmonida Markaziy bankka inflyatsiyani 2021-yilda 10 foizga pasaytirish, 2023-yilda esa 5 foiz darajadagi doimiy inflyatsion maqsadni (target) o‘rnatish topshirilgan. Biroq bu maqsadga hali yetilgani yo‘q.

So‘nggi to‘rt yillik yakunlarida O‘zbekistonda kuzatilgan yillik inflyatsiya ko‘rsatkichlari quyidagicha:

2020-yilda — 13,5 foiz;
2021-yilda — 10 foiz;
2022-yilda — 12,3 foiz;
2023-yilda — 8,8 foiz.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 103017 | Инструменты